Avtomobil vositalari lizingi – lizingning ehtiyoj ko'p bo'lgan asosiy yo'nalishlaridan biridir. Avtolizing mijozlari uchun birinchi navbatda katta pul mablag'laridan foyda olmasdan kompaniyani zarur texnika bilan ta'minlashga imkon beradi. Mijoz avtotransport vositalariga ega bo'lishi uchun uning narxiga nisbatan 25-30% dan oshmagan avtolizing orqali to'lovni amalga oshirib foydalanish huquqiga ega bo'ladi.
Siz avtolizingga murojaat etib, avtotransport vositalari va etkazib beruvchilar, servis va kafolatli xizmat ko'rsatish, sug'urta va shunga o'xshash malakali yordamni tanlash imkoniga ega bo'lasiz. Moliyaviy xizmatlar bozorida ish yuritish mobaynida kompaniyada mijozlar uchun yaxshiroq sharoitlarga erishishga imkon beruvchi etakchi ta'minotchilar bilan mustahkam ishchan aloqalar yơlga qo'yiladi.
OOO LK «Asaka-Trans-Leasing» kompaniyasining avtolizing jarayonini o'tkazish bơyicha yirik tajribasi, hujjatlarni maksimal darajada soddalashtirishga imkon beradi va avtotransport bozorining barcha segmentlarida o'z mijozlariga ta'minlovchilarni tanlashning katta imkoniyatlarini taklif etadi.